Maktab tarixi

Maktabning yaratilishi haqidagi ma'lumotlar

         Qarshi shahar xalq ta'limi bo'limiga qarashli 23 umumi  o'rta ta'lim makatabi 1985 yil 1117 o'ringa mo'ljallab qurilgan. Maktabda ta'lim 2 til (o'zbek va rus) va 2 navbatda olib boriladi. Maktab manzili 3 mitti tuman "Nuriston" mahallasi. Maktab maydoni 9500 m2 tashkil etadi.

       Maktabning 1-direktori Anatoliy Konov. 1995-1996 o'quv yillarda  N.Hikmatullayev.1997-2011 o'quv yillarida M.Alimardanova. 2012-2013 o'quv yillarida B.Abdullayev.2013-2017 M.Yusupova. 2017-2018  o'quv yilining 11-aprelidan  boshlab F.Shuxratova direktor lavozimida faoliyat olib bormaqda.

Bugungi kunga kelib maktabda 72 ta sinf mavjud. Shu o'qo'v yilining yakuni bo'yicha 2278 nafar o'quvchi maktabda o'zbek va rus tillarida tahsil olmoqda. Oliy ma'lumotli o'qituvchilar soni 6 nafarni, 1-toifali o'qituvchilar 16 nafarni, 2-toifali o'qituchilar 70 nafarni, o'rta maxsus o'qituvchilar 12 nafarni tashkil etadi. Jami 136 nafar pedagog xodimlar faoliyat olib bormoqda.

Qarshi shahar 23-maktab ma'muriyati rahbar xodimlarini O'TIBDO' H.Hayitova,R.Norov, BSO'TIBDO' G.Nazarova, MMIBDO' G.Axmedova, N.Choriyev va N.Djurayevlar faoliyat olib bormoqdalar. Maktabda xoti-qizlar faoliyatini shakillantirish va rivojlantirish maqsadida xotin-qizlar qumitasi rahbari lavozimida F.Ravshanova, Yoshlarni intellektual salohiyatini oshirish maqsadida Yoshlat Ittifoqi yetakchisi lavozimida Z.Polvonova va G.Pirmatovalar, maktab amaliyotchi psixologi lavozimida esa D.Salomova, M.Abdurahmonova va K.Turdiyevalar faoliyat yuritib kelmoqdalar.

Maktabning moddiy texnik bazasi yangilangan bo'lib har bir sinf xona yangi o'quv jihozlari bilan jihozlangan. 2 ta informatika xonasi zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan. O'g'il va qiz bolalar mehnat (texnalogiya) xonalari tikuv va qurilma asboblari bilan jihozlangan. O'quvchilarni sog'lom muhitda tarbiyalash maqsadida sport sog'lomlashtirish maydoni va sport xonalari tashkil etilgan bo'lib, spotr jihozlari bilan ta'minlangan.

Maktabda ko'p o'quvchi o'rniga mo'ljallangan oshxona, tibbiyot xonasi, ma'naviy ma'rifiy ishlar tadbirlarini tashkil etish  uchun faollar zali, yoshlar ittifoqi xonasi faoliyat olib bormoqda. O'quvchilarni amaliy bilimlarini oshirish maqsadida kimyo, biologiya va fizika labaratoriya xonalari , o'quvchilar bo'sh vaqtlarida kitob o'qishlari uchun kutubxona tashkil qilingan bo'lib, zamonaviy, milliy va jahon adabiyotlari bilan boyitilgan kitoblar mavjud.

2017-2018 o'quv yilida Respublikada vtashkil etilgan "Baxtli maktab" ko'rik tanlovida maktab fahirli o'rinni qo'lga kiritdi. Sport, san'at va fan  tugaraklari doimo tashkil etilib kelinmoqda.

Bilimlar-bellashuvi va fan olimpiadalarida o'quvchilar ayniqsa ona tili, rus tili, geoerafiya,tarix fanlaridan viloyat va respublika ko'rik tanlovlarida  faxirli ishtirok etib kelmoqdalar. 2019 yilining aprel oyida maktabda o'quvchilar o'zlashtirishi  ta'lim ispeksiyasi tomonidan tahlil qilinganda 90% yuqori ko'rsatkichni belgiladi.

Maktab direktori F.Shuhratova maktabda obodonlashtrish va ko'kalamzorlashtirish ishlarini yo'lga qo'yib ekin ekiladigan maydonlarga mevali daraxtlar ekib bog'lar barpo etdi. Maktabning ichki imkoniyatidan kelib chiqib foydalanilmayotgan xonalarni qayta ta'mirlab sinf xona sifatida foydalanishga e'tibor qaratdilar.

Maktabda o'z farzandini o'qitishni istayotgan ota-onalar soni ko'payib, maktab sig'mi yanada ortib bormoqda. Maktab Qarshi shahridagi   reytingi baland maktablar sifatida turadi. 2019 yil 13-aprelda Vazirlar Mahkamasi qoshida tashkil etilgan Respublika ta'lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan o'tkazilgan monitoring natijalariga ko'ra maktab Qarshi shahri maktablari o'rtasida  yuqori o'rinni egalladi. Hazirgi kunda maktabda 2278 nafar o'quvchi tahsil olmoqda. Bu maktabda o'quvchilar soni belgilangan sig'imga nisbatan 2 borobar ortganini ko'rsatadi.